Shopir AI
Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan yo'l belgisi
2.5Imtiyoz belgilari

Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan

YHQ matni

Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻxtashi kerak.

Guruhdagi boshqa belgilar (8)