
3.4Taqiqlovchi belgilar
Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan
YHQ matni
Ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki ruxsat etilgan toʻliq vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi. 3.4. yoʻl belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.










