
5.9Axborot-koʻrsatgich belgilari
Yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan tasma
YHQ matni
Transport vositalari yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan tasmani bildiradi. Belgi qaysi tasma ustida joylashgan boʻlsa, shu tasmaga tatbiq etiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan belgining taʼsiri oʻng tasmaga tatbiq etiladi.











