
8.6Taniqlik belgilari
Tezlik cheklangan
YHQ matni
bolalar guruhini tashkiliy tashishni amalga oshirayotgan, ogʻir vaznli, xavfli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek, transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezligi Qoidalarning 78 , 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam boʻlgan hollarda, mexanik transport vositalari kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 — “Yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan koʻrinishidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam boʻlmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak;











