Shopir AI
Toʻxtash taqiqlangan yo'l belgisi
3.27Taqiqlovchi belgilar

Toʻxtash taqiqlangan

YHQ matni

Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). 3.27. belgisi yoʻnalishsiz yengil taksilarga yoʻlovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida taʼsir qilmaydi; 3.27 belgisi 1.4 yotiq chizigʻi bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizigʻi bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgilarning taʼsir hududi yoʻl chizigʻi uzunligi bilan aniqlanadi.

Guruhdagi boshqa belgilar (38)