5-bob. Yo'lovchilarning majburiyatlari
23–24-bandlar · Manba: lex.uz
23.Yo'lovchilar transport vositasiga faqat u to'liq to'xtagandan so'ng trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.
Yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati ishtirokchilariga xalaqit bermasa, yo'lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)
Mazkur Qoidalarning 9-bandiga muvofiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositalarida harakatlanishdan oldin ularni taqib olish, mototsikl, elektromototsikl, moped yoki skuterlarda, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarida harakatlanishidan oldin esa motoshlemni qadab olishi shart.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
24.Yo'lovchilarga:
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg'itish (unga xalaqit berish);
harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o'tirish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo'ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.
Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.